iks
ads

Islom Ahmedov: "Futbolchilarning o'ziga ishonchini qaytarish, ochig'i, qiyin bo'ldi"

  • Mr.NoBoDy 20.10.2026 22:48
  • 1190
  • 30

O'zbekiston kubogi chorak final uchrashuvidan o'rin olgan "So'g'diyona" va "Andijon" (1:2) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Islom Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Avvalambor, assalomu alaykum. Bugungi g'alaba bilan "Andijon" xalqini, qolaversa, shu erga kelgan muxlislarimizni tabriklayman va shu erga qadar kelgan muxlislarimizga kattakon rahmat aytamiz. O'yinga keladigan bo'lsak, o'yin og'ir kechishini bilgan edik. Bizda hozir ozgina ruhiy tushkunlik bor edi, sababi oxirgi o'yinlarda omad yetishmayotgan edi. Bugun, Xudoga shukur, shu ananaga chek qo'yib, g'alabaga erishdik.

Futbolchilarimiz o'yinni nazorat qilishdi, yaxshi uzatmalar bilan chiqib ketishga harakat qildik va yakunda g'alabaga erishdik.

– "Andijon" jamoasi chempionatning oxirgi uchta o'yinida omadsiz harakat qildi va, tabiiyki, bu kubok o'yini hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Shuni hisobga olgan holda, futbolchilarning ruhiy holatini yaxshilash va ularga motivaciya berish murabbiy sifatida sizga qanaqadir qo'shimcha muammo tug'dirmadimi?
– Futbolchilarning o'ziga ishonchini qaytarish, ochig'i, qiyin bo'ldi, lekin biz boshida aytganmiz, yani natija uchun biz javobgarmiz. Biroq bugun ham biz o'z falsafamizdan, o'zimizning o'yinimizdan chiqmagan holda, to'pni nazorat qilib, hujum tashkil qildik.

Qanday natija bo'lishidan qatiy nazar, biz o'z o'yinimizni o'ynashga harakat qildik. Faqat oxirida koncentraciyani yo'qotmaslik bo'yicha ularga tushuncha bergandik. Xudoga shukur, yigitlar yaxshi harakat qilishdi, oxirigacha kurashishdi, maydonda har bir qarich er uchun kurashishdi, bugun boshqacha ishtiyoq bilan tushishdi, ularga kattakon rahmat aytamiz.

– Boake bugun yaxshi harakat qildi va ikkinchi golga mualliflik qildi, lekin o'yin oxirida qizil kartochka oldi. Umuman, hujumchining ushbu vaziyatdagi harakatini qanday izohlaysiz?
– Endi bu vaziyatni ko'proq hakam baholaydi. Shuning uchun, hakam shunaqa qaror qabul qildimi, ularning haq qaroriga aralasha olmaymiz.

– Mavsum boshida chap qanotda Mahmudjon Mahamadjonov harakat qildi. Biroq yozda futbolchining jamoadan ketishi chap qanot himoyasiga jiddiy ta’sir ko'rsatdi. Bu muammolarga qo'shimcha echimlar bormi yoki umuman muammo yo'qmi? Nima deb o'ylaysiz?
– Mahamadjonov mavsum o'rtasida jamoani tark etdi, shuning uchun biz uning o'rniga o'yinchi ololmadik. Agar oldindan bilganimizda, harakat qilib, chap qanotga himoyachi olgan bo'lardik. Hozirda aynan chap qanot himoyachimiz yo'q. Iloji yo'qligidan biz o'ng qanot o'yinchilarimizni chap qanotda o'ynatyapmiz. Bizda hozir hech qanaqa echim yo'q, ana shu o'zimizning bor o'yinchilardan qo'ldan kelgancha echim topishga harakat qilyapmiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar