iks
ads

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga qaytmaydi

  • Mr.NoBoDy 20.10.2026 21:32
  • 827
  • 30

Hujumchi Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasiga qaytish ehtimoli juda past darajaga tushib ketdi.

Bu haqda CNN Portugal sharhlovchisi va jurnalisti Ruy Santush ma'lum qildi. Avvalroq futbolchi xalqaro tanaffus paytida terma jamoa qarorgohini o'zboshimchalik bilan tark etgani uchun bir oyga chetlatilgan edi.

Manba berayotgan ma'lumotlarga ko'ra, Ronaldu bo'lajak xalqaro o'yinlarga taklif qilinishini istamayapti va Portugaliya futbol federatsiyasining (FPF) xatti-harakatlaridan chuqur hafsalasi pir bo'lgan. Futbolchi o'ziga nisbatan nohaqlik bo'ldi va federatsiya tomonidan "xiyonat qilindi" degan qatiy ishonchda.

Xabar qilinishicha, FPF prezidenti Pedru Proensa har kuni Krishtianu Ronaldu bilan bog'lanishga va muloqot o'rnatishga harakat qilmoqda. Biroq vaziyat shu darajaga etganki, yuzaga kelgan nizoni bartaraf etishning imkoni qolmayapti. Shu sababli futbolchining qaytadan milliy jamoa libosini kiyish ehtimoli kun sayin kamayib bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar