iks
ads

O'zbekiston Kubogi. Xayr, "Neftchi". "Lokomotiv" yarim finalda!

  • Mr.NoBoDy 20.10.2026 21:08
  • 438
  • 30

O'zbekiston Kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan "Neftchi" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Kubogi, 1/4 final

“Neftchi” – “Lokomotiv” 2:4

Hakamlar: Rustam Choriev, Shohruh Maqsudov, Husan Xudoyberdiev, Umidjon Rahimjonov

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Alisher Rahimqulov

Nazoratchi: Vadim Agishev

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev

Gollar: Jasur Yaxshiboev 11 penalti, - 0:1. Bilol Tupliev 22, - 0:2. Jasur Yaxshiboev 33, - 0:3. Xurshid G'iyosov 36, - 1:3. Diyor Turopov 43, - 1:4. Abror Ismoilov 45+2, - 2:4.

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev (8.Vladimir Yovovich, 75), 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev (34.Farruh Sayfiev, 46), 7.Abror Ismoilov (11.Asilbek Jumaev, 67), 9.Xurshid G'iyosov (22.Alisher Odilov, 46), 10.Jamshid Iskanderov, 18.Stipe Perica (32.Zoran Marushich, 46), 20.Anvar G'ofurov, 52.Koffi Kuao, 77.Ratino.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 2.Izzatillo Po'latov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 71.Bilolxon Toshmirzaev.

"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 8.Bilol Tupliev (9.Suhrob Nurulloev, 57), 10.Shodiyor Shodiboev (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 57), 15.Aleksandr Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev (26.Abdulloh Yo'ldoshev, 76), 18.Oleksandr Kucherenko, 23.Diyorjon Turopov (70.Muhammadali Reimov, 67), 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich, 99.Jasurbek Yaxshiboev (22.Sunnatilla Poyonov, 76).

Zaxira: 16.Danil Baklanov, 7.Quvonchbek Abraev, 14.Nikolay Ivanov, 61.Nurlan Ibraimov.

Ogohlantirishlar: Koffi Kuao 69, Muhammadali Reimov 74, Anvar G'ofurov 90+2. Vladimir Yovovich 90+4.

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+6. O'YIN TUGADI! “Neftchi“ - “Lokomotiv“ 2:4, “Lokomotiv“ yarim finalda!

90+4. Ogohlantirish. “Neftchi“. Vladimir Yovovich

90+2. Ogohlantirish. “Neftchi“. Anvar G'ofurov

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shildi

86. ZARBA! Kuaoning zarbasi Shushnyarga tegib qaytdi!

85. “Neftchi“ to'liq kuch bilan hujumda, “Lokomotiv“ esa himoyada

76. O'zgarishlar. “Lokomotiv“. Yaxshiboev va Mirzaev o'rniga Poyonov va Yo'ldoshev tushdi

75. O'zgarishlar. “Neftchi“. Aliboev o'rniga Yovovich tushdi

74. Ogohlantirish. “Lokomotiv“. Reimov

69. Ogohlantirish. “Neftchi“. Kuao

67. O'zgarish. “Lokomotiv“. Turopov o'rniga Reimov tushdi

67. O'zgarish. “Neftchi“. Ismoilov o'rniga Jumaev tushdi

64. Zarba! Turopovning jarimadan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi!

57. O'zgarish. “Lokomotiv“. Tupliev va Shodiboev o'rniga Nurulloev va Abduxoliqov tushdi

50. UXXX! Chapdan Sayfiev uzatgan to'pni Marushich boshi bilan darvozaga yo'lladi, Kozlov o'z o'rnida

48. UXXX! Kuao hozir Tuplievning oyog'ini bosib oldi, hakam bu vaziyatda kartochka ko'rsatmadi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarishlar. “Neftchi“. Perica, G'iyosov va Yo'ldoshev o'rniga Marushich, Odilov va Sayfiev tushdi

45+5. Ajoyib o'tgan birinchi taym tugadi, hozircha 2:4

45+2. GOL! ABROR ISMOILOV! 2:4. Chapdan Yo'ldoshev uzatgan to'p Ismoilovga kelib tushdi, Abror gol urdi.

45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi

43. GOL! DIYOR TUROPOV! 1:4. Mirzaevning uzatmasidan keyin Diyor jarima maydoniga kirib bordi va gol urdi.

40. ZARBA! G'iyosov jarima maydoni ichidan zarba berdi, noaniq

39. UXXXX! Botirali to'pni raqibga tashlab berdi, Mirzaev 40 metrlardan bo'sh darvozaga zarba berdi, noaniq!

39. UXXX! Iskanderovning uzatmasini G'iyosov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

36. GOL! XURSHID G'IYOSOV! Kuao-Iskanderov-G'iyosov kombinaciyasi gol bilan tugadi - 1:3

33. GOL! JASUR YAXSHIBOEV! 0:3 Jarima maydoniga kirib bordi va yaqin burchakka gol urdi!

32. ZARBA! Pericaning zarbasi noaniq ketdi

29. UXXX! Pericaning zarbasini himoyachi qaytardi

29. ZARBA! Mirzaevning zarbasi noaniq chiqdi

29. ZARBA! Bilol Tuplievning zarbasi noaniq ketdi

24. Yo'q, ofsayd yo'q ekan gol inobatga olindi - 0:2

23. Bosh hakam VAR ni eshitmoqda, ofsayd bo'lishi mumkin

22. GOL! BILOL TUPLIEV! Jarima maydoni ichidan gol urdi - 0:2.

14. ZARBA! Pericaning bosh bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi

11. GOL! JASUR YAXSHIBOEV! Penaltidan gol urib, hisobni ochdi - 0:1

10. PENALTI! “Neftchi“ darvozasi tomon! Yaxshiboev yiqitilgandi. Bosh hakam VAR orqali penalti belgiladi

6. UXXXX! Yaxshiboevning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Mirzaev akrobatik tarzda darvozaga yo'lladi, noaniq!

1. O'YIN BOSHLANDI!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar