iks
ads

La Liga. "Real Madrid" o'z maydonida "Sevilya"ni yirik hisobda taslim etdi

  • Mr.NoBoDy 19.10.2026 02:08
  • 1515
  • 30

Ispaniya La Ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 9-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

"Real Madrid" - "Sevilya" 4:1

Gollar: 30 - Arda Gyuler, 37, 63 - Kilian Mbappe, 80 - Manuel Bueno, 82 - Yan Diomande

“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 4. Din Xyoysen, 16. Ibraima Konate, 17. Mark Kukurelya, 14. Orelen Chuameni, 8. Federiko Valverde (3. Eder Militao, 85’), 15. Arda Gyuler (6. Eduardu Kamavinga, 78’), 5. Jud Bellingem (20. Bernardu Silva, 70’), 25. Yan Diomande, 10. Kilian Mbappe (19. Karlos Espi, 85’), 9. Endrik (21. Braim Dias, 70’).

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 31. Xaver Navarro, 12. Trent Aleksander-Arnold, 18. Alvaro Karreras, 22. Antonio Ryudiger, 24. Denzel Dyumfris, 27. Tyago Pitarch.

“Sevilya”: 1. Odisseas Vlaxodimos, 2. Xuan Iglesias (22. Xose Anxel Karmona, 72’), 5. Andres Kastrin, 4. Kike Salas, 17. Gabriel Suaso, 6. Lyusen Agume, 24. Yussuf Fofana, 20. Felish Korreya (7. Alfonso Gonsales, 73’), 11. Ruben Vargas (21. Chidera Ejuke, 46’), 9. Robbi Yur (19. Lukas Stassin, 56’), 10. Peke (14. Manuel Bueno, 56’).

Zaxira: 13. Fran Gonsales, 33. Rafael Romero, 3. Xulio Dias, 12. Aruna Sangante, 15. Fabiu Kardozu, 27. Niko Gilen, 29. Xesus Krus.

Ogohlantirishlar: 23 - Din Xyoysen, 23 - Felish Korreya, 69 - Xuan Iglesias, 74 - Mark Kukurelya

90+4. O'yin yakunlandi.

90+4. Chuamenidan kuchli zarba ko'rdik, darvozabon to'pni qaytardi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. So'nggi daqiqalar to'liq madridliklar to'p nazorati ostida o'tmoqda.

84. Fofananing yaqin masofadan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi.

83. O'yin taqdiri hal buyog'iga.

gettyimages-2300860478-2048x2048.jpg

82. GOL! Diomandedan supergol! Yan jarima maydonchasi tomon yaqinlashib keldi va aniq zarba berdi!

81. O'n daqiqadan ko'proq vaqt, sevilyaliklar faollikni oshirishi aniq.

gettyimages-2300860231-2048x2048.jpg

80. GOL! Bueno hisobni qisqartirdi! Mbappening xatosidan so'ng Manuel darvozani ishg'ol qildi.

74. Buenodan xavfli zarba bo'ldi, ammo biroz noaniq.

70. “Real”da hisob yiriklashtirilib olgach, biryo'la ikkita o'zgarish amalga oshirildi.

64. Fofanadan kuchli zarba bo'ldi, Kurtua to'pni qaytardi!

63. “Sevilya” endi qayta olarmikin?!

gettyimages-2300376414-2048x2048.jpg

63. GOL! Mbappedan “panenka” va hisob yiriklashdi! Kilian aniq zarba berdi va gol urdi!

61. Penalti, “Sevilya” darvozasi tomon! Diomandening uzatmasidan so'ng Mbappe birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo himoyachi uni yiqitdi.

59. Korreyaning zarbasidan so'ng to'pni Valverde qaytarmoqda…

55. Diomande juda qulay vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, ammo noaniq ketdi…

55. Ejukening xavfli zarbasi noaniq ketdi.

53. Endrik raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq ushbu hoaltda qoidabuzarlik yo'q, deb topildi.

47. Diomande yaxshi vaziyatga chiqib bordi, biroq to'pni sherigiga uzataman deb, xatoga yo'l qo'ydi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+4. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45+3. Endrik akrobatik uslubda zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi.

45+2. Agumening erlatib bergan zarbasidan so'ng Kurtua to'pni arang qutqardi…

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

40. Yana Kilian jarima maydonchasiga “yorib” kirdi va to'pni havolatib uzatdi, biroq hech kim yo'q edi zarba beradigan.

38. Hozirgacha ko'rgan ikkala gol ham shunchaki shedevr!

gettyimages-2300365671-2048x2048.jpg

37. GOL! “Real”dan shunchaki dahshat gol! Darsliklarga yozib qo'yish kerak! Yanning uzatmasidan keyin Jud tovoncha bilan Kilianga to'pni uzatdi, u Berkampga o'xshab, raqibini aldadi, darvozabonni ham aldab o'tib, gol urdi!

36. Arda va Valverdening super kombinaciyasini Mbappe muvaffaqiyatli yakunlay olmadi. Zo'r gol bo'lar edi…

34. Endrik himoyachilardan qochib kyetib, jarima maydonchasiga kirdi va to'pni markazga uzatganda darvozabon ushlab oldi.

33. Mbappe raqiblaridan qochib kyetib, darvozaga zarba berdi, to'pni darvozabon qaytardi.

31. Hisob ochildi, nihoyat, endi o'yin yanada qizishi aniq.

gettyimages-2300851930-2048x2048.jpg

30. GOL! Gyulyerdan supergol! Bellingem hujumni boshladi, Diomande oldinga o'tdi va markazga uzatdi to'pni, Arda esa ajoyib zarba bilan darvozani ishg'ol qildi!

23. Bosh hakam VARni eshitmoqda. Takroriy lavhalardan ko'rinishicha, Gyulerning futbolkasini raqib a'zosi tortgan, Arda ham javob bergan unga.

22. Maydonda ikki jamoa futbolchilari tortishib ketishdi.

22. Diomandedan ikkinchi zarba va bunisi ham aniq bo'lmadi.

21. Endrikning uzoqdan bergan kuchli zarbasidan so'ng to'pni darvozabon ushlab oldi.

17. Valverdening ajoyib “pushka”si darvozaga ketayotganda Mbappega tegib, maydonni tark etdi…

16. Vargasning kutilmagan holatda bergan kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.

7. Diomandedan zarba bo'ldi, biroq muvaffaqiyatsiz chiqdi.

4. Mbappedan ilk zarba, ammo noaniq bo'ldi.

3. Robbining zarbasidan so'ng Kurtua to'pni ushlab oldi.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni La Liganing 9-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Sevilya" bahsining matnli translyatsiya kuzatib borishga taklif etamiz!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar