iks
ads

Azamat Allaniyozov: "Aral" Superligada ham o'z o'rniga ega bo'ladi"

  • Mr.NoBoDy 18.10.2026 20:56
  • 702
  • 30

Qoraqalpog'istonga 25 yildan so'ng yana Superliga qaytdi.

Nukusning "Aral" jamoasi bugun Proliganing navbatdagi turida "Jayxun"ni engdi. Bu Vadim Shodimatov shogirdlariga Superliga eshiklarini ochdi. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov "Aral" bosh direktori Azamat Allaniyozovning bu boradagi dastlabki fikrlarini oldi.

"Qoraqalpoq xalkini bugungi bayram - 25 yildan beri kutilgan chempionlik va Superliga yo'llanmasi bilan, qolaversa, butun O'zbekistondagi "Aral" muxlislarini, Qoraqalpoq xalkini va elimiz rahbarlarini bugungi g'alaba bilan chin ko'ngildan tabriklayman.

"Aral" o'z oldiga yuqori o'rinlarni maqsad qilgan. Bugun rahbarlarimiz kuchli beshlikka kirish vazifasini topshirdilar. To'g'ri, bu oson bo'lmaydi, lekin chin dildan xohish bo'lsa, uddalasa bo'ladi. Biz selekciya ishlarini boshlab yubordik. Jamoani tajribali va yosh o'yinchilar bilan to'ldiramiz, "Aral" Superligada o'z o'rniga ega bo'ladi",- deydi Azamat Allaniyozov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar