iks
ads

Aybek Nurbaev: "Aral"ni Superliga yo'llanmasi bilan tabriklayman"

  • Mr.NoBoDy 18.10.2026 21:32
  • 413
  • 30

Proliga 23-turdan o'rin olgan "Aral" – "Jayxun" uchrashuvidan so'ng "Jayxun" bosh murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor butun Qoraqalpog'iston xalqini bugungi yutuq - "Aral" jamoasining Superligaga chiqqani bilan tabriklayman. Qolaversa "Aral" klubining rahbariyati, futbolchilar, murabbiylar va muxlislarini ham tabriklayman. Buni Qoraqalpog'iston uchun katta yutuq desa bo'ladi, chunki muxlislar ushbu xabarni 25 yil kutishdi. Bilasiz, oxirgi marta 2001 yil Nukusdan jamoa Oliy ligada qatnashgandi.

O'yinga keladigan bo'lsak, uchrashuv og'ir o'tdi va mag'lubiyatga uchradik. Oxirgi uchrashuvlarda hech omadimiz kelmayapti, balki mavsum yakunidagi charchoq bilan izohlasa bo'ladi. Jarohatlar ham ko'payib ketdi. Bugun uch nafar futbolchimiz jarohat sabab maydonga tusha olmadi. Shunga qaramay bugun o'ynaganlardan xafa emasman, biz qo'ldan kelgancha o'zimizni ko'rsatishga harakat qildik.

Jamoamiz bu mavsum Proligadagi o'yinlar orqali ko'p tajriba to'pladi. Keyingi yil yanada yaxshi natija ko'rsatamiz degan umiddaman. Har ikkala golni standartdan o'tkazdik, demak standartlar ustida ko'proq ishlashimizga to'g'ri keladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar