iks
ads

Olimlar o'simlikni Messi deb nomlashdi

  • Mr.NoBoDy 18.10.2026 18:56
  • 1745
  • 30

Peru Andi tog'larida olimlar argentinalik hujumchi Lionel Messi sharafiga nomlangan yangi gulli o'simlikni kashf etishdi - Salvia messii. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Nom futbolchi bilan bog'liqlikni aks ettiradi: gullarning rangi oq va ochiq ko'k bo'lib, Messi sardorlik qilgan Argentina terma jamoasi formasi ranglariga hamohangdir. Botanik nomenklatura qoidalariga ko'ra, inson nomi berilganda lotincha nomda familiyaga i harfi qo'shiladi, shuning uchun o'simlik Salvia messii - so'zma-so'z Messi o'simligi deb nomlandi.

Salvia messii yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasiga kiradi. Ushbu turkum vakillari foydali xususiyatlari bilan mashhur: xususan, ular antioksidant, yallig'lanishga qarshi va antiseptik ta’sirga ega. Biroq bu xususiyatlarni o'rganish istiqbollari cheklangan: tur kichik hududda tarqalgan bo'lib, tadqiqotchilar - Paul Gonsales, Rolando Uriya va Jan Kapcha-Ramos uni yo'q bo'lib ketish xavfi ostida turgan turlar toifasiga kiritishgan.

Messining ismi faqatgina ushbu o'simlik nomi bilan cheklanib qolmagan: avvalroq uning sharafiga yana beshta biologik tur nomlangan edi. Ular qatoriga kaltakesak (Liolaemus messii), o'rgimchak (Acanthogonatus messii) va zamburug' (Cercopemyces messii), shuningdek, ikkita yo'q bo'lib ketgan takson - kondor (Vultur messii) va dengiz umrtqasiz hayvoni (Discinisca messii) kiradi.

Hozirda 39 yoshda bo'lgan Lionel Messi 6 oktyabr kuni Argentina terma jamoasidagi chiqishlarini yakunladi. U milliy jamoa safida 208 ta o'yin o'tkazib, 126 ta gol urdi. Uning xalqaro maydondagi yutuqlari qatoriga 2022 yilgi jahon chempionatidagi g'alaba, Amerika Kubogining ikkita tituli (2021, 2024) va Finalissimadagi (2022) zafar kiradi. 2026 yilgi jahon chempionatida futbolchi finalga qadar yetib borib, sakkizta gol bilan turnirning eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'ldi. Klub miqyosidagi faoliyatida Messi Ispaniya chempionati va Barselona tarixidagi eng yaxshi to'purarligicha qolmoqda, shuningdek, sakkiz karra Oltin to'p sohibi hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar