Musialaning xushdan ketish bilan bog'liq muammosi hal bo'ldi, dorilar o'z ta’sirini ko'rsatdi

  • Mr.NoBoDy 23.09.2026 13:48
  • 695
  • 30

"Bavariya" yarim himoyachisi Jamal Musiala xushdan ketish xurujlarini nazorat ostiga olishga erishdi, deb xabar bermoqda Sport Bild.

Avgust oyida 23 yoshli futbolchi ketma-ket ikkita o'yinda o'zini yomon his qildi, unga tibbiy yordam kerak bo'ldi va u almashtirildi. Germaniyalik futbolchi o'zida nevrologik disfunksiya sabab yuzaga kelgan, ammo engil davolanadigan qisqa muddatli absans xurujlari tashxislanganini aytib bergan edi.

Dori-darmonlar bilan davolash kursiga kiritilgan tuzatishlar kutilgan natijani bergani takidlanmoqda.

Mashg'ulotlarda Musiala bor kuchi bilan harakat qilmoqda va o'ziga nisbatan alohida munosabat talab qilmayapti. Ushbu holat sababli hech qanday maxsus qo'shimcha mashg'ulotlar o'tkazilmayapti.

Hozirda Germaniya terma jamoasiga chaqirilgan futbolchi uchun eng muhimi odatiy rejimni saqlab qolishdir.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar