
"Buni aytish alamli, ammo "Manchester Yunayted" endi chempionatda g'alaba qozonish uchun tarkib yig'ishga harakat qilmaydigan klubga aylanib qoldi.
Santos, Baleba - ular, ehtimol, [avvalgilarga qaraganda] jismonan kuchliroq bo'lgan o'yinchilarni olib kelishdi. Santos "Chelsi"da 11 ta o'yin o'tkazgan, u uchun esa 50 million funt to'lashdi. Ammo u tarkibga kira olmayapti. Baleba, ehtimol, nimadadir yordam berar. Lekin yana bir bor: agar mavsum boshida "Manchester Yunayted" uchun o'yinchilarni tanlayotgan bo'lsang, bular sen birga borib chempionatda g'alaba qozonishing mumkin deb o'ylagan futbolchilar bo'lishi kerak. Ular esa, menimcha, hozirda bundan millionlab mil uzoqda.
Maykl [Kerrik], ehtimol, yozda yuz bergan voqealardan juda hafsalasi pir bo'lgan. O'ylashimcha, u ich-ichidan uni pand berib qo'yishdi deb hisoblaydi. Maykl o'tgan yili qilgan ish juda va juda yaxshi edi. Maykl uchun eng muhim vaqt - bu mavsumning boshi. Aynan mana shu o'yinlar - o'zingni ko'rsatadigan va butun qolgan mavsum uchun poydevor qo'yadigan fursatdir", - dedi MYUning sobiq yarim himoyachisi The Good, The Bad & The Football podkastida.