Zayniddin Tojiev: "Ko'proq yosh futbolchilarga imkoniyat berdik"

  • Mr.NoBoDy 22.09.2026 23:32
  • 445
  • 30

"TerDU" hamda "G'azalkent" o'rtasidagi bahsdan so'ng mehmon jamoa stozi Zayniddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Zayniddin Tojiev: “Tarkibda rotaciyaga qo'l urdik. Ko'proq yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. Raqib ikkinchi raqam bo'lib o'ynadi. Birinchi taymda yigitlarimizga tezlik yetishmagandek tuyildi. Tanaffusda futbolchilarga kerakli ko'rsatmalar berdik. O'yinni biroz tezlashtirdik. Xavfli vaziyatlar yaratdik va gollar urdik”.

- Darvozabon Asilbek Atashov nega zaxirada qoldi?
- U-19da uchrashuvimiz bor, Asilbek o'sha yerda to'liq o'ynaydi. Buni kelishgan holda amalga oshirildi.

- Suhrob Sadirjonovni U-17 terma jamoasi mashg'ulotlarda ko'rgandik, bugun u “G'azalkent” safida maydonga tushdi…
- Terma jamoani murabbiyi bilan kelishgan holda bu ishga qo'l urdik. Endi u terma jamoa safiga borib qo'shiladi.

- FIFA kunlari boshlanyapti, bu kunlar uchun rejalar bormi?
- 28 sentyabrda “Bunyodkor” bilan o'rtoqlik o'yinimiz bor. Agar kelisha olsak Qirg'iziston jamoasi bilan bahs o'tkazamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar