Sheshko jarohat tufayli Sloveniya terma jamoasiga yordam bera olmaydi

  • Mr.NoBoDy 22.09.2026 13:16
  • 663
  • 30

"Manchester Yunayted" hujumchisi Benyamin Sheshko jarohat sabab Sloveniya terma jamoasining yaqin oradagi uchrashuvlarini o'tkazib yuboradi.

23 yoshli futbolchi shu hafta tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng uning individual tiklanish rejasi belgilab olinadi. Forvard boldir sohasidagi muammo tufayli Angliya chempionati 5-turi doirasidagi "Fulxem"ga qarshi o'yinni (1:1) o'tkazib yuborgandi. U jarohatni Liga Kubogi doirasidagi "Brayton" bilan bahsda olgan.

Sheshko Millatlar Ligasi doirasida Shotlandiyaga qarshi 2 ta o'yinda (26 sentyabr va 6 oktyabr), shuningdek, Shimoliy Makedoniya (29 sentyabr) va Shveytsariya (3 oktyabr) bilan uchrashuvlarda maydonga tusha olmaydi.

Sheshko 2026/27 yilgi mavsum 6 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Terma jamoa safida esa u umumiy hisobda 45 ta bahsda ishtirok etgan (16 ta gol).

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar