Maguayr: "Ortiqcha shov-shuvlarga e'tibor bermaslik lozim"

  • Mr.NoBoDy 22.09.2026 12:48
  • 901
  • 30

"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr Angliya chempionati 5-turi doirasida safarda kechgan "Fulxem"ga qarshi o'yindagi durang (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Bizning reakciyamiz o'tgan haftadagiga ("Manchester Siti"ga qarshi - tahr.) qaraganda ancha yaxshi va ijobiyroq bo'ldi hamda o'tkazib yuborilgan goldan so'ng ortda qolgan og'ir haftani inobatga olganda, yigitlar ajoyib ruhiyat va munosib javob ko'rsatishdi. Ularni orqaga chekinishga majbur qildik, bosim esa to'xtovsiz bo'ldi. Oldimizga tushadigan yoki biz tomon sakrab qaytadigan to'p kerak edi. Shunchaki, gol ertaroq urilmagani afsuslanarli, chunki bizda borib, o'yinda g'alaba qozonish uchun shiddat bor edi. Ortiqcha shov-shuvlarga e'tibor bermaslik, bu yil nimalar qilganimizga, shuningdek, nimalar ustida ishlashimiz va nimalarni yaxshilashimiz kerakligiga chindan ishonishimiz va o'ylashimiz lozim, ammo biz maqsaddan unchalik uzoqda emasmiz", – deya 33 yoshli angliyalikning so'zlarini keltiradi PA.

"Manchester Yunayted" (5 ta o'yindan so'ng 5 ochko) Angliya chempionati turnir jadvalida "Nottingem Forest" bilan 12-o'rinni bo'lishib turibdi. Jamoa 10 oktyabr kuni 7-tur doirasida "Tottenxem"ni qabul qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar