PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi

  • Mr.NoBoDy 21.09.2026 02:00
  • 6144
  • 30

Fransiya Liga 1sining 2026/2027 yilgi mavsumi 5-turidan o'rin olgan "Marsel" va "Pari Sen-Jermen" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Jamoalar Marseldagi "Oranj Velodrom" stadionida kuch sinashishdi.

Bahsni Fransua Letekse boshqarib bordi. Uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

66-daqiqada parijliklar hujumchisi Ferran Torres o'z jamoasini oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada "Marsel" yarim himoyachisi Eyndjel Gomes yaqin burchakni aniq nishonga olib, hisobni tenglashtirdi. 75-daqiqada PSJ himoyachisi Markinos jamoasining ikkinchi golini kiritdi. 77-daqiqada mezbonlar laterali Timoti Vea qizil kartochka oldi.

“Marsel” - PSJ 1:2
Gollar: Gomes 72 - Ferran Torres 66, Markinos 75.

PSJ Fransiya chempionati turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Parijliklar hisobida beshta turdan so'ng sakkiz ochko bor. "Marsel" esa uch ochko bilan 17-pog'onada joylashgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar