"Dinamo" Maxachkala "Andijon" futbolchisini 250 ming dollarga sotib oldi

  • Mr.NoBoDy 01.09.2026 22:56
  • 860
  • 30

Mahmud Mahamadjonov faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.

“Andijon” klubining 23 yoshli qanot himoyachisi Mahmud Maxamadjonov Rossiya premer-ligasi ishtirokchisi - Maxachkalaning “Dinamo” klubiga transfer qilindi.

Andijon jamoasi ushbu transfyerdan 250 ming dollar ishlab oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati e'lon qildi.

Mahmud Maxamadjonov “Andijon” safiga joriy yil boshida qo'shilgan edi. U “Andijon” tarkibida Superligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. O'zbekiston Kubogi bahslarida esa 3 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani berdi.

photo_2026-09-01_21-02-42.jpg

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar