
Bu haqda Sport24.az ishonchli manbadan ma'lumot olgan.
"Boyqushlar"ning tarixiy muvaffaqiyatiga hissa qo'shgan har bir futbolchiga 60 ming manat (35 ming dollar) mukofot berilishi aytilmoqda. Uchrashuvda zaxirada qolgan futbolchilar esa asosiy summaning 50 foiziga ega bo'lishadi.
Shu tariqa, "Sabah" futbolchilari uchun Yevropaning eng nufuzli klub turnirining asosiy bosqichiga yo'llanma olishdan tashqari, jiddiy moddiy rag'bat ham mavjud.
Takidlash joizki, "Sabah" qo'shimcha bo'limlarda Izrailning "Hapoel" (Beer-Sheva) jamoasini 5:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.