
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Yildizning do'shanba kungi tibbiy ko'rigi oyoq panja suyagi singani haqida gumon uyg'otgan va keyingi tekshiruvlar "Yuventus" shifokorlarining xavotirlarini tasdiqlagan. Kenanga katta ehtimol bilan operaciya kerak bo'ladi.
Yildiz ikki yarim oydan uch oygacha bo'lgan muddatni o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Klub futbolchi terma jamoalar o'yinlari sababli yuzaga keladigan noyabr oyidagi tanaffusgacha tiklanishiga umid qilmoqda.