
Avvalroq o'yin boshlanishidan oldin "Martines Valero" stadioni yaqinida policiyachilar "Barselona" muxlislarini hibsga olgani va ulardan esteladalarni - mustaqil Kataloniya bayroqlarini musodara qilgani haqida xabar berilgan edi. Muxlislardan biri qo'lga olish chog'ida kaltaklangan. O'yindan so'ng "Barselona" policiyaning harakatlarini qoraladi.
Marca nashrining El Mundo'ga tayanib xabar berishicha, Ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska ko'ngilsiz hodisalar yuzasidan surishtiruv boshlashni buyurdi. Bundan tashqari, Valensiya avtonomiyasining hukumat delegaciyasi ham ichki tekshiruv boshlanganini e'lon qildi va shu bilan birga huquq-tartibot organi xodimlari "Barsa" muxlislaridan esteladalarni tortib olganini inkor etdi.