Mirjalol Qosimov: "Vaziyatlar yaratyapmiz, ammo vaziyatlar uchun ochko berilmaydi"

  • Mr.NoBoDy 26.08.2026 00:56
  • 326
  • 30

"Surxon" hamda OKMK o'rtasidagi Superliganing 19-tur bahsidan (0:0) so'ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: “Uchinchi o'yin gol ura olmayapmiz. Bosh qotgan… Vaziyatlar yaratyapmiz, ammo vaziyatlar uchun ochko berilmaydi. Bugun “Surxon” yaxshi himoyalandi, darvozabon qutqardi. Hujumlardan unumli foydalanish kerak edi. Biroq yigitlarga etiroz bildira olmayman, ular oxirigacha kurashishyapti, lekin darvozani ishg'ol qilishda oqsayapmiz. Uchinchi o'yindirki gol ura olmayapmiz. “Surxon” ham yaxshi harakat qildi, qarshi hujumlar tashkil qildi. Xatolarimiz ustida ishlaymiz. Eng keraklisi - shijoat. Uchta bahsda 15 tacha imkoniyat bo'ldi. Superliganing bazi bahslarida bittayam vaziyat bo'lmasligi mumkin. Bollaga aytarman, tuya so'yib yuborishar (hazillashib)”.

Ўхшаш янгиликлар