Kamoliddin Tojiev: "Hali hech narsa yo'qotmadik, oxirigacha kurashamiz"

  • Mr.NoBoDy 25.08.2026 23:32
  • 162
  • 30

Superliga 19-turdan o'rin olgan "Dinamo" – "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Qiziqarli bahs guvohi bo'ldik. Har ikki jamoa yaxshi kurash olib bordi. Hisob 2:0 bo'lishi kerak bir paytda besh metrdan gol ura olmadik. Buning ustiga ozgina hushyorlikni yo'qotib to'p o'tkazib yubordik. Biz yutishimiz kerak bo'lgan o'yin edi, agar ikkinchi golni urganimizda o'ylaymanki, g'alaba qozongan bo'lardik. Lekin sen urmasang, senga urishadi degan gap o'z ishini ko'rsatdi. O'yinga borini berish bo'yicha hech kimga etirozim yo'q. Barcha futbolchilarimiz yaxshi harakat qilishdi. Futbol shunaqa: bir gal omad keladi, bir gal yo'q.

- Stadiondagi muhit haqida?
- Samarqandda har doim futbol muhiti zo'r bo'lgan. Bu stadionda o'ynash har doim qiziq.

- "Paxtakor" safar uchrashuvlariga borganda muxlislar "Paxtakor" safidagi yulduzlarni ko'rishga keladi. Bugun jamoangizning yulduz o'yinchilari ko'proq zaxirada edi: Doston Hamdamov, Oybek Bozorov... Ular nima uchun asosiy tarkibda o'ynamayapti?
- Aksar futbolchilarimizda kichik jarohat bor. Qolaversa tez-tez maydonga tushayotganimiz bois tarkibda rotaciya qilyapmiz. Hammani 90 daqiqa o'ynatish qiyin. Eronlik futbolchimiz avvalgi bahsda jarohat oldi. Shu bois zaxirada qoldirdik.

- Jamoangiz ketma-ket ochko yo'qotmoqda. Chempionlik poygasi haqida nima deya olasiz?
- Oxirigacha kurashamiz. Hali o'yinlar ko'p, qolaversa "Neftchi" bilan o'zaro bahsimiz ham bor. Hali hech narsa yo'qotmadik, oxirigacha kurashamiz.

- "Paxtakor" - "Surxon" o'yini bilan bog'liq shov-shuv hamon tingani yo'q. Ko'pchilik shu mavzuni muhokama qilyapti. Shundan so'ng klub homiysi Jahongir Ortiqxo'jaev jamoadan kyetibdi degan gaplar chiqdi. Bu esa muxlislarda xavotir uyg'otdi.
- O'sha o'yindagi hakamlik haqida gapirmayman. Xudo xohlasa, Jahongir aka jamoamiz bilan birga va kyetmaydilar deb umid qilamiz.

Ўхшаш янгиликлар