“Xall Siti” bosh murabbiyi: “Biz “Manchester Yunayted”ni xatolari uchun jazoladik”

  • Mr.NoBoDy 24.08.2026 12:08
  • 1126
  • 30

“Xall Siti” bosh murabbiyi Sergey Yakirovich APLning dastlabki turida “Manchester Yunayted” ustidan qozonilgan uydagi g'alabani (2:0) izohladi.

Bu “yo'lbarslar”ning 2017 yildan beri Angliya oliy divizionidagi ilk o'yini bo'ldi.

“Bu biz uchun juda katta ahamiyatga ega. Tartibli o'yin ko'rsatdik va juda yaxshi uchrashuv o'tkazdik. Futbolchilar taktik rejaga amal qilishdi. Albatta, bizga qiyin bo'ldi, chunki “Manchester Yunayted”ga qarshi o'ynadik, biroq raqibni o'z xatolari uchun jazoladik. Biz allaqachon 1 yildan beri birgamiz, tarkibda 3 nafar yangi futbolchi bor edi, ammo hammamiz birgalikda haqiqiy jamoadek ko'rindik. Yakunda esa maqsadimizga erishdik.

Muammolarimiz ko'p bo'ldi, chunki himoya chizig'ida 4 ta o'zgarish qilishga to'g'ri keldi - bu odatiy hol emas. Lekin maydonga tushish, o'ynash va kurashish kerak. Ehtimol, endi bizga yana yangi futbolchilar kerak bo'lar.

Odamlar “Xall”ga shubha bilan qarashdimi? Bu - futbol. Biz professionalmiz. Odamlarning fikri noto'g'ri ekanini isbotlashga harakat qilyapmiz. Oldinda hali 37 ta o'yin borligini tushunaman, ammo bu kelajak uchun yaxshi zamin”, – dedi Yakirovich.

Ўхшаш янгиликлар