
Gavi La Liganing 2-turidan o'rin olgan “Elche”ga qarshi o'yinning (5:0) birinchi bo'limida shikastlandi. Xavbek o'ng tizzasida noqulaylik his qildi. Gavi aynan shu tizzasidan avvalroq ikki marta jarrohlik amaliyotini o'tkazgan edi.
“Tizza jarohati. Biz kutishimiz kerak.
Jarohat olgan vaqtida u kutganidan ko'ra hozir hammasi biroz yaxshiroq. O'yindan keyin ahvol ancha ijobiy tomonga o'zgardi.
Biz MRT tekshiruvini o'tkazamiz va ko'ramiz”, – dedi Flik.