UEFA rahbari FIFA-2027 saylovida qatnashmaydi

  • Mr.NoBoDy 24.08.2026 14:08
  • 459
  • 30

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksander Cheferin 2027 yilgi FIFA prezidenti saylovida ishtirok etish va tashkilotning amaldagi rahbari Janni Infantinoga raqobat qilish niyati yo'qligini ma'lum qildi.

Bu haqda “The Guardian” xabar bermoqda.

Cheferinning so'zlariga ko'ra, u FIFA prezidentligiga qiziqish bildirmayapti, chunki UEFAdagi hozirgi faoliyatini qadrlaydi hamda ushbu lavozimga davo qilmasligi uning nufuzi va unga bo'lgan ishonch darajasini yanada oshiradi deb hisoblaydi.

FIFA prezidenti saylovi 2027 yilning mart oyiga rejalashtirilgan bo'lib, Marokash uni o'tkazish joyi etib belgilangan. Cheferin 2016 yilning sentyabr oyidan buyon UEFAni boshqarib kelmoqda va bu lavozimga ikki marta qayta saylangan. UEFA rahbarligidan tashqari, Cheferin FIFA vice-prezidenti lavozimini ham egallab turibdi.

Avvalroq Janni Infantinoning FIFA asosiy turnirlarini nazorat qilish uchun FIFA Forward Enterprise kompaniyasini tashkil etish tashabbusi keskin tanqidlarga sabab bo'lgani xabar qilingandi. FIFA hisob-kitoblariga ko'ra, loyiha taxminan 4,2 milliard dollar daromad keltirishi va a'zo assotsiatsiyalar daromadlarini oshirishi mumkin edi, biroq UEFA, KONKAKAF, OFK va KONMEBOL uni qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Shuningdek, UEFA mazkur g'oyadan rasman voz kechilmaguncha, FIFA turnirlariga boykot e'lon qilishini bildirgan.

Ўхшаш янгиликлар