
Uchrashuv 23 avgust kuni bo'lib o'tdi va “Manchester Siti”ning 2:1 hisobidagi irodali g'alabasi bilan yakunlandi. Gvardiol g'alaba to'pi muallifiga aylandi.
“Hozir hamma o'zi bilan faxrlanmoqda. Bu mavsumning ilk o'yini edi va biz, ayniqsa so'nggi haftalarda yuz bergan barcha o'zgarishlarni hisobga olgan holda, g'alaba naqadar muhimligini bilamiz. G'alabaga loyiq edik, uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandman”, – dedi futbolchi o'yindan so'ng.
“Manchester Siti” navbatdagi o'yinini 28 avgust kuni o'tkazadi - o'sha kuni “shaharliklar” safarda “Kristal Pelas”ga qarshi maydonga tushadi.