
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, hujumchiga poytaxtning “Roma” klubi qiziqish bildirgan. Jamoani boshqarayotgan Jan Pero Gasperini Leauning salohiyatidan kelib chiqib, undan 7 yildan beri kutilayotgan narsani chiqarib olishga qodir ekaniga ishonmoqda. “Pianeta Milan” nashri xabariga ko'ra, rimliklar u uchun 50 million evrogacha pul to'lashga tayyor.
Shuningdek, 4 million evro evaziga ijaraga olish va keyinchalik 41 million evroga to'liq sotib olish varianti ham bor - bu holatda “Roma” boshlanayotgan mavsum uchun Leau maoshining 80 foizini ham to'lab beradi.