“Barselona” Levandovski ketganidan so'ng hujumchi masalasida kutilmagan echim topdi

  • Mr.NoBoDy 24.08.2026 11:40
  • 604
  • 30

“Barselona” ikkinchi jamoa hujumchisi Hamza Abdilkarim bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Insayder Fabricio Romano xabar berishicha, Kataloniya klubi 18 yoshli misrlik futbolchi va uning vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

“Barselona” futbolchi uchun yaxshilangan shart-sharoitlarni tayyorlab qo'ygan hamda amaldagi shartnomadan 15 million evro miqdoridagi belgilangan tovon puli bandini olib tashlash niyatida.

2.jpg

Shu bilan birga, tomonlar o'rtasidagi yakuniy kelishuvgacha hali bor.

Yaqinda Abdilkarim “Barselona”ning asosiy tarkibida o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldi va “Al Ahli”ga qarshi Gamper Kubogi uchrashuvida (2:1) gol urdi. Shuningdek, futbolchi Primeraning 1-turidan o'rin olgan “Elche”ga qarshi o'yinda (5:0) qaydnomaga kiritildi, ammo maydonga tushmadi.

Transfermarkt hujumchini 1,5 million evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар