Mareska: "Biz hali to'liq shakllanib bo'lgan jamoa emasmiz"

  • Mr.NoBoDy 24.08.2026 10:08
  • 780
  • 30

"Manchester Siti" ustozi Enco Mareska uning jamoasi hali to'liq shakllanib bo'lgan jamoa emasligini bayon etdi.

"Bu ajoyib kun bo'ldi. O'yin boshida bannerni (Mareskaga bag'ishlangan) ko'rish men uchun juda yoqimli bo'ldi. Shundek, muxlislarga uch ochkodan zavqlanish imkoniyatini taqdim etganimdan xursandman. Men juda hayajonda edim.

Afsuski, biz hali to'liq shakllanib bo'lgan jamoa emasmiz. Shu sababli men echimlar qidirmoqdaman. Biz jamoani mavsumga tayyorlashimiz kerak, ammo g'alaba qozonganingizda, bu muhitga, jamoaga va muxlislarga yordam beradi. Bugun biz omadliroq bo'ldik", - deydi Mareskaning so'zlarini "Sky Sports" nashri.

Ўхшаш янгиликлар