
Antoni Elanga 5-daqiqadayoq gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 55-daqiqada Kodi Gakpo hisobni tenglashtirdi. Jo Uillok 57-daqiqada maydonga tushganidan bir daqiqa o'tib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. Hakam o'yinga 5 daqiqa qo'shib berdi. “Liverpul” yarim himoyachisi Dominik Soboslai 90+9 daqiqada penaltidan to'p kiritib, o'yinning durang bilan yakunlanishini taminladi.
