Ulug'bek Bakaev: "Ikkinchi gol hisoblanmadi, keyin hisoblandi. Hayronman"

  • Mr.NoBoDy 23.08.2026 22:16
  • 272
  • 30

Superliga 19-turdan o'rin olgan "Neftchi" – "So'g'diyona" (3:0) uchrashuvidan so'ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Avvalo "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida ko'p gapirmoqchi emasman. Faqat o'tkazib yuborilgan ikkinchi gol bo'yicha ko'pchilikning fikri qiziq. Raqib o'yinchisi darvozabonimiz ko'rish hafzasini yopib turgandi. Avvaliga gol hisobga olinmadi, keyin inobatga olindi. Hayronman. Umuman olganda bahsni yaxshi o'tkazishni va oxirigacha kurashishni maqsad qilgandik. Afsus, mag'lubiyatga uchradik.

_JP88539.JPG

Ўхшаш янгиликлар