Kamoliddin Tojiev: "O'z imkoniyatlarimizdan foydalanib g'alaba qozondik"

  • Mr.NoBoDy 16.08.2026 22:16
  • 264
  • 30

Superliga 17-turdan o'rin olgan "Nasaf" – "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Bahs qiyin kechishini bilardik, "Nasaf" har doim kuchli raqib bo'lib kelgan. Bugun o'z darajamizda o'ynadik. Imkoniyatlarni golga aylantirdik va g'alaba qozondik.

- OCHL o'yinidan oldin va keyin matbuot anjumanida ko'rinish bermadingiz. Buning sababi nima bilan bog'liq?
- Tegishli licenziya bo'lmagani uchun shunday bo'ldi.

- Maydonda ko'rsatmalarni beraverasizmi?
- Ha, bu borada muammo yo'q.

- Oybek Bozorov bugun hal qiluvchi golni urdi. U ko'proq qaysi bo'limda jamoaga foyda keltiradi: birinchi bo'limdami yo ikkinchi taymdami?
- Biz uchun birinchi bo'lim, ikkinchi bo'lim o'yinchisi degan tushuncha yo'q. Biz uchun hamma asosiy futbolchi. O'yinchilarimiz darajasi ham shunga mos. Oybek bugun zaxiradan tushib o'zini ko'rsatdi.

- Jamoaga taklif etilgan legionerlar xalqaro maydonda qanchalik o'zlarini ko'rsata olishadi?
- Biz shuni o'ylagan holda o'yinchilarni taklif etganmiz. Nasib qilsa, yangilar tez orada moslashib Elit OCHLda o'zlarini namoyon etishadi.

- Bugungi o'yinga rejangiz qanday edi?
- Ikkinchi jamoa sifatida o'ynash rejamizda yo'q edi. "Nasaf" bilan ochiq ftubol o'ynash oson emas, biz himoyani o'ylagan holda harakat qildik.

Ўхшаш янгиликлар