Mikel Arteta murabbiylik faoliyatidagi 5-sovrinini qo'lga kiritdi

  • Mr.NoBoDy 16.08.2026 21:16
  • 615
  • 30

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta murabbiylik faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo'lga kiritdi.

Ispaniyalik mutaxassis qo'lga kiritgan barcha sovrinlarini "Arsenal" bilan yutib olgan.

Bugun "Arsenal" Arteta boshchiligida Angliya Superkubogi uchun o'yinda "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Arteta davrida "Arsenal" qo'lga kiritgan sovrinlar:
Angliya Superkubogi - 2026 yil
Angliya Premer-ligasi - 2026 yil
Angliya Superkubogi - 2023 yil
Angliya Superkubogi - 2020 yil
Angliya Kubogi - 2020 yil

Mikel Arteta "Arsenal"ni 2019 yil oxiridan buyon boshqarib kelmoqda.

Shuningdek, Arteta "Arsenal" safida futbolchi sifatida ham sovrinlar qo'lga kiritgan. U londonliklar bilan 2 marta Angliya Kubogi va 2 marta Angliya Superkubogi g'olibi bo'lgan.

Shu tariqa, Arteta "Arsenal" tarixida ham futbolchi, ham bosh murabbiy sifatida sovrin qo'lga kiritgan mutaxassislardan biriga aylandi.

Ўхшаш янгиликлар