Endrik yozda "Real"ni tark etmaydi – qarorni hujumchi, klub va Mourinyu qabul qildi

  • Mr.NoBoDy 11.08.2026 01:08
  • 18930
  • 30

Endrik yozgi transfer oynasida "Real"ni tark etmaydi.

20 yoshli hujumchi madridliklar klubida qoladi va asosiy tarkibdagi o'rin uchun kurashadi. Bunday qarorni futbolchining o'zi, "Real" rahbariyati va bosh murabbiy Joze Mourinyu birgalikda qabul qildi. Braziliyalik futbolchiga bir nechta yevropalik klublar, jumladan, "Aston Villa" va "Roma" qiziqish bildirgan edi. Eslatib o'tamiz, Endrik o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Lion"da ijara asosida o'tkazib, 21 ta o'yinda 8 ta gol urgan edi.

Ўхшаш янгиликлар