
Manba ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli portugaliyalik endi jamoaning daxlsiz o'yinchisi hisoblanmaydi. "Milan" rahbariyati Leau bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor va ehtimoliy xaridorlardan aniq so'rovlarni kutmoqda.
Leo 2019 yildan beri "Milan" safida o'ynamoqda. Futbolchi bu vaqt ichida barcha musobaqalarda 293 ta o'yin o'tkazib, 80 ta gol urdi va 55 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.