Angliya Superkubogi. "Arsenal" "Manchester Siti"ni yirik hisobda mag'lub etdi va mavsumdagi ilk sovringa ega chiqdi

  • Mr.NoBoDy 16.08.2026 21:00
  • 656
  • 30

"Arsenal" va "Manchester Siti" jamoalari o'rtasida Angliya Superkubogi uchun o'yin yakunlandi.

“Arsenal” - “Manchester Siti” 3:0 LIVE

Gol: 1 - Kalafori (Lyuis-Skelli), 28 - Xaverc (Colis), 48 - Edegor (Colis)

“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel Magalyayns, Moskera, Kalafori, Lyuis-Skelli, Gimarayns, Edegor, Madueke, Colis, Xaverc.

“Manchester Siti”: Donnarumma, Husanov, Diash, Gvardiol, O`Rayli, Kovachich, Anderson, Semeno, Foden, Doku, Xoland.

Uchrashuv yakunlandi

84. Edegor markazda Grilishga qarshi qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan ogohlantirildi

81. Semenoning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini londonliklar darvozaboni yana qaytardi

80. Saka yana bir imkoniyatdan foydalana olmadi. Bukayoning zarbasiga aniqlik yetishmadi

73. Sherki uzoqdan kuchli zarba yo'lladi, bu safar ham londonliklar darvozabonidan seyv

72. "Arsenal" uchrashuvdagi to'rtinchi golini ham urishi mumkin edi. Biroq to'pga Sakadan oldin Donnarumma yetib keldi

63. Saka barchani chiroyli va to'g'ri bajardi. Biroq zarbaga kelganda noaniq ketdi

53. Gvardiol maydon markazidagi qo'polligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi

gettyimages-2290203787-2048x2048.jpg

48. GOOOL. "Arsenal" ikkinchi bo'limning boshida ham gol urmoqda. Edegor gol urmoqda. Bu golga ham jamoaning yangi a'zosi Colis assist bermoqda.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Bo'lim avvalida har ikki jamoa safida o'zgarish. Rays Gimaraynsning o'rniga maydonga tushdi. Dokuning o'rniga esa Grilish maydonga tushdi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+1. Gvardiol "shaharliklar"ni uchinchi goldan qutqarib qoldi. Edegorning zarbasini himoyachi darvoza chizig'idan chiqarib yubordi

43. "Arsenal"ning qanot himoyachilari uchinchi golni kiritishlari mumkin edi. Uaytning uzatmasidan so'ng Kalafori zarba yo'lladi. Biroq uning zarbasi noaniq ketdi

41. Maduekening uzoqdan yo'llagan zarbasi Donnarumma qaytardi

39. Bir daqiqaning ichida ikkita xavfli hujum. Birinchi vaziyatda Xolandning zarbasini David qaytardi. Ikkinchi vaziyatda esa Ben Uayt qaytardi.

gettyimages-2290722382-2048x2048.jpg

38. Kalafori simulyaciya ishlatdi va ogohlantirildi. Ushbu holatda Husanov juda aqli harakat qildi

36. Erling Xoland raqib maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi juda noaniq ketdi

FAKT: Rikkardo Kalaforining "Manchester Siti"ga qarshi o'yinning 23-soniyasida kiritgan goli Angliya Superkubogi tarixidagi eng tezkor gol bo'ldi. U "Siti" futbolchisi Bobbi Ouenning 1968 yilda "Vest Bromvich"ga qarshi o'yinda o'rnatilgan 58 yillik rekordini yangiladi.

gettyimages-2290197516-2048x2048.jpg

28. GOOL. Xaverc hisobni oshirdi. Unga esa "Arsenal"ga yangi kelib qo'shilgan Colis boshi bilan assist qildi

22. "Arsenal" xavfli hujum tashkil qildi. Biroq Uayt o'z imkoniyatidan foydalana olmadi

20. Fodenning uzoqdan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Rayya qaytardi. Keyin Xoland ham yaqin masofadan kuchli zarba yo'lladi. Yana londonliklar darvozabonidan seyv

13. "Arsenal" qatorasiga ikki marta burchak zarbasini amalga oshirdi. Biroq hujumda Gabriel Husanovga qarshi qo'pollik ishlatgandi

8. Goldan so'ng har ikki tomon hujumlar bilan bir birini qiynashmoqda.

gettyimages-2290717990-2048x2048.jpg

1. GOOL. APLning amaldagi chempionlari hisobni ochishmoqda. Lyuis-Skellining super uzatmasidan so'ng Kalafori hisobni ochdi. Londonliklar hisobni ochishlari uchun 24 soniya etarli bo'ldi

Uchrashuv boshlandi!

Ўхшаш янгиликлар