Idrissa Geye Saudiya Arabistoni klubiga o'tdi

  • Mr.NoBoDy 10.08.2026 11:24
  • 1338
  • 30

“Al Diriya” yarim himoyachi Idrissa Geye bilan shartnoma imzoladi.

Kelishuv muddati ochiqlanmagan.

36 yoshli senegallik futbolchi 2022/23 yilgi mavsumdan beri “Everton” sharafini himoya qilayotgandi. U 2025/26 yilgi mavsum 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2.jpg

Shuningdek, futbolchi faoliyati davomida PSJ, “Lill” va “Aston Villa” jamoalarida to'p tepgan.

Transfermarkt Senegal terma jamoasi a'zosining transfer qiymatini 500 ming evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар