Keza: “O'tgan mavsumda ham “Liverpul”da kattaroq rolga tayyor ekanimni his qilgandim, ammo...”

  • Mr.NoBoDy 28.07.2026 15:40
  • 478
  • 30

Italiya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni Federiko Keza yangi mavsumda “Liverpul”da ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishdan umidvorligini bildirdi.

28 yoshli vinger 2024 yildan beri mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida u APLda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

“Hozir “Liverpul”da baxtliman. Klubni, muxlislarni yaxshi ko'raman - bu yerda menga mutlaqo hamma narsa yoqadi. Fursatga ega bo'lish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilyapman, buyog'ini esa vaqt ko'rsatadi. Ayni damda xayolim faqat “Liverpul” bilan band.

Yangi murabbiy [Andoni Iraola] qo'l ostidagi yangi sahifa? Bilmadim, bir nima deyish qiyin. Har bir mavsum boshlanishi - bu hamisha yangi debocha. Ehtimol, menda bunday boshlanishlar juda ko'p bo'lib ketgandir. Ammo buning ahamiyati yo'q: yangi murabbiy qo'l ostida bor mahoratimni ko'rsatishga harakat qilyapman. O'tgan mavsumda Arne Slot qo'l ostida ham bor kuchim bilan harakat qilgandim.

O'tgan mavsumda ham jamoada ancha salmoqli rolga tayyorligimni his qilgandim, lekin meni maydonga tushirish yoki tushirmaslik qarorini murabbiy qabul qilardi. Albatta, ko'proq o'ynashni xohlagandim, ammo hammasi shunday tus oldi.

Murabbiyning o'z o'yin rejalari bor edi, u qarorlarni o'zi qabul qilardi va bu bo'yicha etiroz bildira olmayman. Bu - futbol. Keling, shunday deylik: bu yil yangi sahifa ochilmoqda. Bizda yangi murabbiy bor va diqqatimni u bilan ishlashga qaratishim kerak”, – dedi Keza.

Ўхшаш янгиликлар