
"Neftchi" va "Navbahor" jamoalari shu kunga qadar Farg'onada 31 marotaba to'qnash kelishgan. Bu bellashuvlarda mezbonlar 22 g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsa, "lochinlar" 3 bor 3 ochkolik bo'lishgan. Yana 6 ta bahsda tomonlar bir ochkodan bo'lishib olgan.
"Navbahor" oxirgi marotaba 2022 yilgi mavsumda "Neftchi"ni safarda engishga muvaffaq bo'lgan. Keyingi 3 ta o'yinda 2 ta durang, 1 ta mezbonlar g'alabasi qayd etilgan.
Superliga-2022. 22-tur
"Neftchi" - "Navbahor" 1:2
Gollar: Fozil Musaev 4, Jamshid Iskanderov 29, Zoran Marushich 64
Ma'lumot uchun, vodiy derbisi "Istiqlol" stadionida 20:00 da boshlanadi.