Duglas Kosta Ronaldu bilan bir jamoada o'ynagan davri haqida: "U juda ko'p hazil qilardi”

  • Mr.NoBoDy 28.07.2026 14:56
  • 666
  • 30

“Bavariya” va Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Duglas Kosta afsonaviy portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o'ynash qanday bo'lganini so'zlab berdi.

Kosta va Ronaldu 2018 yildan 2021 yilgacha “Yuventus”da birga faoliyat olib borishgan.

“O'sha paytga kelib Krishtianu deyarli 15 yildan beri muntazam ravishda juda ko'p gol urayotgandi. U bilan ishlash juda oson kechgan: qulay fursat tug'ilganda ko'p hazil qilardi, lekin maydonga tushgach, haqiqiy mashinaga aylanardi.

U bilan bir jamoada o'ynash nasib etganidan juda xursandman. Baxtimga menga haqiqatan ham omad kulib boqqan”, – dedi Kosta.

Ўхшаш янгиликлар