O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Janubiy Koreya bilan o'ynaydi

  • Mr.NoBoDy 28.07.2026 12:16
  • 277
  • 30

O'zbekiston milliy terma jamoasi kuzgi xalqaro kunlarda navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Vakillarimiz 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv o'tkaziladigan shahar va o'yinning boshlanish vaqti haqida keyinroq qo'shimcha ma'lumot beriladi. Koreyaliklar, shuningdek, 2 oktyabr kuni Venesuela bilan ham kuch sinashadi. Bu haqida KFA matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumot uchun, bu yildan e'tiboran sentyabr va oktyabr oylaridagi fifa kunlari birlashdi. Bu terma jamoalarga futbolchilarni uzoq masofalarga ko'p qatnatmasdan, 16 kunlik yagona yig'in davomida ketma-ket 4 ta o'yin o'tkazishini taminlaydi.

Ўхшаш янгиликлар