Gittens: “Chelsi”ning maqsadi - o'zi ishtirok etadigan hamma musobaqada g'olib chiqish”

  • Mr.NoBoDy 28.07.2026 11:40
  • 922
  • 30

“Chelsi” vingeri Jeymi Gittens Morgan Rojersning kelishi “ko'klar”ga yangi mavsumda sovrinlar uchun kurashda yordam berishi kerakligini ta'kidladi.

Rojers London klubiga “Aston Villa”dan 138 mln evro evaziga o'tdi va tarixdagi eng qimmat ingliz futbolchisiga aylandi.

“Chelsi” o'tgan mavsumni APLda 10-o'rinda yakunlagandi.

“Biz hamma narsani yutishni xohlaymiz. Maqsadimiz - Premer-liga, Angliya Kubogi va o'zimiz ishtirok etadigan boshqa har qanday turnirda zafar kuchish. Morgan kabi futbolchining kelishi darajamizni oshirishi va titullar uchun kurashishga yordam berishi kerak. U top-o'yinchi. Bu yerda ortiqcha gapga hojat yo'q - u shunchaki ajoyib futbolchi. Jamoamizda mahorat va sifat etarlicha topiladi. Maydonda ajoyib ishlarni amalga oshirishga qodir futbolchilar bor, ammo biz bularning barchasini bir butunlikka jamlashimiz kerak.

Tarkibdagi raqobat juda yuqori. Biz unumli mehnat qilishda va nimalarga qodirligimizni ko'rsatishda davom etishimiz lozim. Hamma juda ijobiy kayfiyatda, yangi mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutmoqda hamda yanada yaxshiroq bo'lib, muvaffaqiyatga erishishni xohlaydi. Eng muhimi shu”, – dedi Gittens.

Ўхшаш янгиликлар