"Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi a'zosi bilan kelishib oldi

  • Mr.NoBoDy 28.07.2026 10:08
  • 1877
  • 30

Italiyaning "Roma" klubi yarim himoyachisi Manu Kone "Manchester Yunayted" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.

Yevropaning boshqa klublari va Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasi tomonidan qiziqishlar bo'lishiga qaramay, Kone "Yunayted"ni o'zi uchun ustuvor yo'nalish sifatida ko'rmoqda.

"Corriere dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "Yunayted" Kone bilan allaqachon kelishuvga erishgan va endi Fransiya terma jamoasining 25 yoshli o'yinchisi uchun "Roma" belgilagan 50 million evrolik (43 million funt) narxni tushirishga harakat qilmoqda.

"Roma" esa yon berishga umuman tayyor emas, hatto Konega da'vogarlar soni ortsa, narxni oshirishni ham ko'rib chiqmoqda.

Qo'shimcha qilish joizki, avvalroq "Yunayted" Koneni sotib olish bo'yicha bitimda Markus Reshforddan foydalanishi mumkinligi xabar qilingan edi, ammo angliyalik hujumchining 325 ming funtlik maoshi bunga xalaqit bermoqda.

Ўхшаш янгиликлар