
Superliga
14-tur
“Lokomotiv” – “So'g'diyona” 3:1
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 20:00
Bosh hakam: Temur To'xtasinov
Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Abdulhamid Abdurayimov
Zaxira hakami: Dias Galeev
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Shohnur Yo'ldoshev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Adelya Kurmaeva
Gollar: 1:0 – 57, Temurxo'ja Abduxoliqov (penalti); 2:0 – 66, Temurxo'ja Abduxoliqov (penalti); 3:0 – 90+3, Quvonchbek Abraev (Sardor Mirzaev); 3:1 – 90+6, Zenan Zaymovich.
"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 9.Suhrob Nurulloev (8.Bilol Tupliev, 71), 10.Shodiyor Shodiboev (7.Quvonchbek Abraev, 84), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (61.Nurlan Ibraimov, 90), 15.Aleksandr Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev, 18.Aleksandr Kucherenko, 23.Diyorjon Turopov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 28.Shuhrat Muhammadiev (22.Sunnatilla Poyonov, 71), 45.Yovan Nishich (14.Nikolay Ivanov, 84)
Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 27.Ozodbek O'ktamov, 30.Jafar Bahodirov, 44.Muhammad Habibullaev.
"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islomjon Qobilov, 7.Petar Michin (9.Zenan Zaymovich, 72), 10.Javohir Qahramonov (77.Oybek Nurmatov, 61), 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 17.Ollabergan Karimov (8.Jamshid Boltaboev, 72), 20.Fazliddin Omonkeldiev (23.Sardorbek Hoshimov, 46), 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 32.Nodirjon Soyibov (19.Zabihillo O'rinboev, 82)
Zaxira: 1.Shohruh Isoqov, 4.Behruz Jumatov, 29.Amirbek Saidov, 33.Shohjahon Sultonmurodov.
Ogohlantirishlar: Nodirjon Soyibov (55), Ollabergan Karimov (59), Jamshid Boltaboev (80), Sardorbek Hoshimov (90)
90+7-daqiqa. UCHRASHUV TUGADI!
Nisbatan uzaytirilgan va shiddatli kechgan hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar ham o'z nihoyasiga etdi. Bosh hakam Temur To'xtasinov bahs yakunlanganini bildiruvchi hushtakni chaldi!
90+6-daqiqa. GO-O-O-O-OL! "SO'G'DIYONA"! 3:1!
Jizzaxliklar ham taslim bo'lishni xohlashmayapti! "So'g'diyona"ning navbatdagi hujumida jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pni "Lokomotiv" himoyachilari to'liq bartaraf eta olishmadi. Zaxiradan maydonga tushgan Zenan Zaymovich qaytgan to'pga birinchi bo'lib yetib keldi va qulay imkoniyatdan unumli foydalanib, aniq va kuchli zarba bilan to'pni pastki burchakka joylab qo'ydi!
90+6-daqiqa. UCHRASHUV TUGADI!
Bosh hakam Temur To'xtasinov tomonidan chalingan hushtak Superliganing 14-turidan o'rin olgan mazkur bahsga yakuniy nuqtani qo'ydi. "Lokomotiv" o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasini 3:0 hisobida taslim etdi.
Uchrashuv taqdiri to'liq ikkinchi bo'limda hal bo'ldi: Temurxo'ja Abduxoliqovning penaltidan kiritgan dubli hamda hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Quvonchbek Abraev tomonidan urilgan chiroyli gol "temiryo'lchilar"ning yirik va muhim g'alabasini taminladi.
90+3-daqiqa. GO-O-O-O-OL! "LOKOMOTIV"! 3:0!
"Temiryo'lchilar" qarshi hujumda muhim nuqtani qo'yishmoqda! Sardor Mirzaev o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga aniq va qulay uzatmani amalga oshirdi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Quvonchbek Abraev esa to'pni to'xtatib o'tirmasdan, olis pastki burchakka aniq va kuchli zarba yo'llab, Milan Mitrovichga hech qanday imkoniyat qoldirmadi!
"Lokomotiv" hisobdagi ustunlikni yirik ko'rinishga keltirmoqda!
90-daqiqa. To'qnashuvlarga boy bo'lgan bahs so'nggi daqiqalarda ham shiddatini yo'qotmayapti.
"So'g'diyona" a'zosi Sardorbek Hoshimov qo'polligi uchun hakam Temur To'xtasinov tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
Shu bilan birga, "Lokomotiv" tarkibida so'nggi o'zgarish amalga oshirildi: dubl muallifi, jamoa sardori Temurxo'ja Abduxoliqov muxlislar olqishi ostida maydonni tark etmoqda, uning o'rniga Nurlan Ibraimov o'yinga qo'shildi.
84-daqiqa. "Lokomotiv" tarkibida navbatdagi qo'sh-o'zgarish!
Maydon egalari murabbiylar shtabi o'yin tempini ushlab turish va maydon markazini yangilash maqsadida Shodiyor Shodiboev o'rniga Quvonchbek Abraevni, Yovan Nishich o'rniga esa Nikolay Ivanovni o'yinga tashlamoqda.
83-daqiqa. "Lokomotiv"dan yana bir xavfli hujum! Bilol Tupliev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga dadil yorib kirdi va uzoq burchakni nishonga olib aylanma zarba yo'lladi. To'p "So'g'diyona" darvozasi yonidan biroz noaniq o'tib ketdi – maydon egalari uchinchi golni urib, o'yinga batamom nuqta qo'yishlari mumkin edi.
82-daqiqa. "So'g'diyona" tarkibida yana bir rotaciya! Bahs davomida faol harakat qilgan va ogohlantirish olishga ulgurgan Nodirjon Soyibov o'yinini yakunladi, uning o'rniga Zabihillo O'rinboev maydonga tushirilmoqda. Mehmonlar hujum chizig'ini yanada kuchaytirishga harakat qilishmoqda.
80-daqiqa. Maydon markaziga yaqin hududda shiddatli to'qnashuv! "So'g'diyona" a'zosi Jamshid Boltaboev va "Lokomotiv"ning yangi qo'shilgan o'yinchisi Sunnatilla Poyonov to'p uchun kurashda bir-biri bilan to'qnashib ketdi. Bahs bosh hakami Temur To'xtasinov vaziyatni nazoratga oldi va qo'pollik ishlatgan Jamshid Boltaboevga sariq kartochka ko'rsatdi.
72-daqiqa. "So'g'diyona" ham ikkita badal bilan javob kaytarmoqda! Mehmonlar tarkibida Petar Michin o'zini Zenan Zaymovichga bo'shatib berdi, shuningdek, Ollabergan Karimov o'rniga Jamshid Boltaboev maydonga tushdi. Jazoirlik va mahalliy tajribali vakillar orqali "So'g'diyona" o'yin taqdirini o'zgartirishga urinib ko'radi.
71-daqiqa. "Lokomotiv" tarkibida bir yo'la ikkita o'zgarish! "Temiryo'lchilar" murabbiyi maydonni tark etayotgan Suhrob Nurulloev o'rniga Bilol Tuplievni, Shuhrat Muhammadiev o'rniga esa Sunnatilla Poyonovni o'yinga tashlamoqda.
69-daqiqa. "Lokomotiv" darvozaboni Aleksey Kozlovdan juda xavli xato! U o'z jarima maydonchasi ichida sherigiga pas berishda chalg'idi va to'pni to'g'ri "So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Dorievga topshirib qo'yayozdi. Xayriyatki, to'p Dorievga tegib, maydonni tark etdi – "temiryo'lchilar" bu vaziyatda engil tin olishdi.
66-daqiqa. GO-O-O-O-OL! Temurxo'ja Abduholiqov dubl qayd etmoqda!
"Lokomotiv" hujumchisi ikkinchi penaltini ham sovuqqonlik bilan amalga oshirdi. Milan Mitrovich yana bir bor to'pning yo'nalishini to'g'ri topdi, ammo Abduholiqovning zarbasi shu qadar aniq va kuchli bo'ldiki, darvozabon jamoasini qutqara olmadi. Hisob yirik ko'rinishga kelmoqda – 2:0!
62-daqiqa. Yana penalti! "Lokomotiv" ketma-ket ikkinchi bor 11 metrlik nuqtadan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmoqda!
Jarima maydonchasi ichida Temurxo'ja Abduholiqov kuchli zarba yo'lladi va to'p "So'g'diyona" himoyachisi Nodirjon Soyibovning qo'liga tegdi. Bosh hakam hech qanday ikkilanishsiz yana penalti belgiladi!
61-daqiqa. "So'g'diyona" tarkibida navbatdagi o'zgarish! Mehmonlar ustozi hujum chizig'ini faollashtirish maqsadida Javohir Qahramonov o'rniga Oybek Nurmatovni maydonga tushirmoqda.
59-daqiqa. "So'g'diyona" yarim himoyachisi Ollabergan Karimov maydon markazida Shodiyor Shodiboevni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Bosh hakam bu harakatni e'tiborsiz qoldirmadi va Ollaberganga sariq kartochka ko'rsatdi.
57-daqiqa. GO-O-O-O-OL! "Lokomotiv" hisobni ochmoqda!
Temurxo'ja Abduholiqov penalti nuqtasidan berilgan zarbani aniq amalga oshirdi. "So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich to'p yo'nalishini topdi va hatto to'pga qo'li tegdi, ammo zarba juda kuchli bo'lgani sababli uni qaytara olmadi. Hisob – 1:0!
56-daqiqa. "Lokomotiv" foydasiga penalti! Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pdan so'ng Temurxo'ja Abduholiqov ketma-ket ikki bor darvoza tomon zarba yo'lladi. Milan Mitrovich dastlabki zarbalarni qaytarishga erishdi, biroq qaytgan to'pga yetib kelgan Shodiyor Shodiboevni "So'g'diyona" himoyachisi Sardorbek Hoshimov jarima maydonchasi ichida qoidani buzib yiqitdi. Bosh hakam hech ikkilanmasdan penalti ko'rsatdi.
55-daqiqa. Nodirjon Soyibov tomonidan Sardor Mirzaev maydon markazida ushlab qolindi. Bosh hakam qoidabuzarlikni qayd etib, "So'g'diyona" himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatdi.
50-daqiqa. "So'g'diyona"dan yana bir burchak zarbasi. Bu safar ham uzatmadan so'ng Zoir Jo'raboev bosh bilan kuchli zarba yo'lladi, biroq bu safar "Lokomotiv" darvozaboni Aleksey Kozlov to'pni ishonchli tarzda o'z qo'liga oldi.
49-daqiqa. "So'g'diyona" burchak to'pini amalga oshirdi. Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pga Zoir Jo'raboev bosh bilan zarba berdi – to'p darvoza tomon aniq bormadi. Qolaversa, hakamlar bu vaziyatda ofsayd qayd etishdi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'limda ham haqiqiy xavfli vaziyat! "So'g'diyona" himoyachisi Zoir Jo'raboev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni oshirib berdi. Aleksandr Kucherenko bosh bilan harakat qilib, to'pga aniq tega olmadi va uni o'tkazib yubordi. Jarima maydoniga yorib kirgan Lyupcho Doriev to'pni Aleksey Kozlovning ustidan oshirib darvozaga yo'llashga urindi, ammo darvozabon to'pni qo'li bilan sekinlashtirishga erishdi. Oqibatda to'p darvoza chizig'ini kesib o'tmadi va o'z vaqtida yetib kelgan "Lokomotiv" himoyachilari xavfni bartaraf etib, to'pni uzoqlashtirib yuborishdi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffusda "So'g'diyona" tarkibida o'zgarish yuz berdi: Fazliddin Omonkeldiev o'rniga Sardorbek Hoshimov maydonga tushirildi.
45+2-daqiqa. Bosh hakamning xushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.
Birinchi bo'lim shiddatli va kurashlarga boy tarzda kechdi. Xar ikkala jamoada ham gol urish uchun juda xavfli imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo darvozabonlarning ishonchli o'yini va hujumdagi aniqsizliklar sababli hisob ochilmadi – 0:0.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqti nihoyasiga etdi. Bosh hakam Temur To'xtasinov jamoalarning bo'lim davomidagi to'xtalishlari uchun 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
41-daqiqa. Juda xavfli vaziyat! "Lokomotiv" vakillari tezkor qarshi hujumga o'tishdi. Temurxo'ja Abduxoliqov ajoyib uzatma bilan bir yo'la ikki jamoadoshini darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Suhrob Nurulloevning bergan zarbasini Milan Mitrovich oyoqlari bilan qaytarishga erishdi! Qaytgan to'pga esa Shodiyor Shodiboev qulay imkoniyatga ega bo'lishiga qaramay, aniq zarba bera olmadi.
40-daqiqa. Lyupcho Doriev standart vaziyatdan to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatib berdi. "Lokomotiv" darvozaboni Aleksey Kozlov o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, to'pni mushtlari bilan maydon tashqarisiga urib yubordi – aut.
36-daqiqa. "So'g'diyona"dan xavfli hujum! Petar Michin ajoyib uzatma bilan Javohir Qahramonovga to'pni etkazib, uni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Qahramonovning zarbasini Aleksey Kozlov mahorat bilan qaytardi! Keyinchalik bayroqcha ko'tarildi – nozik vaziyatda ofsayd qayd etilgan ekan.
34-daqiqa. Juda xavfli vaziyat! "Lokomotiv" himoyachilari yana bir bor uzatmada juda qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi. Aleksey Kozlov to'pga chiqishda biroz kechikkan bo'lsa-da, Lyupcho Dorievga xalaqit berishga erishdi. Abdulloh Yo'ldoshev ham to'pni uzoqlashtirishda xatolikka yo'l qo'ydi – xullas, maydon egalarining himoyasida haqiqiy parokandalik yuzaga keldi! Oqibatda Doriev to'pni o'ziga to'g'rilab olib zarba yo'lladi, ammo xayriyatki, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
29-daqiqa. "Lokomotiv" hujumchisi Shodiyor Shodiboev chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va chap oyoqda darvoza tomon zarba berdi. Ammo to'p mo'ljalga aniq tegmay, darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
28-daqiqa. "Lokomotiv"dan go'zal kombinacion hujum! Shuhrat Muhammadiev jarima maydonchasi ichida bosh bilan to'pni uzatib, Sardor Mirzaevni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarishga urindi. Biroq "So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich o'z vaqtida oldinga chiqib, xavfni bartaraf etdi.
25-daqiqa. "So'g'diyona" himoyachisi Filip Ivanovich mudofaadan to'pni oldinga uzatib berdi. Javohir Qahramonov bosh bilan zarba yo'lladi, ammo zarba biroz kuchsiz chiqdi – Aleksey Kozlov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
22-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Lokomotiv" himoyachisi Abdulloh Yo'ldoshev yana bir bor uzatmada qo'pol xatolikka yo'l qo'ydi. "So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Doriev yakkakurashda Aleksandr Kucherenkoni ortda qoldirib, darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Aleksey Kozlov o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi!
20-daqiqa. Xavfli vaziyat! "So'g'diyona"dan ajoyib kombinaciya! Lyupcho Doriev jarima maydonchasiga yorib kirib, markazga uzatmani amalga oshirdi. Petar Michin to'pga zarba berolmadi va to'p uning oyoqlari orasidan o'tib ketdi. Ortidan kelayotgan Fazliddin Omonkeldiev yaqin masofadan zarba yo'lladi, ammo to'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi! Juda xavfli vaziyat!
16-daqiqa. "Lokomotiv" a'zosi Suhrob Nurulloev taxminan 20 metrlar masofadan erlatib zarba yo'lladi. Biroq zarbaga etarlicha kuch yetmadi – "So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
14-daqiqa. "Lokomotiv" hujumda ketma-ket imkoniyatlarga ega bo'ldi. Avvaliga Temurxo'ja Abduxoliqov Suhrob Nurulloevni, so'ng keyingi hujumda Nurulloev Abduxoliqovni raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarishga urindi. Ammo ikkala holatda ham uzatilgan to'p juda tezlashib ketgani bois hujumchilar unga eta olishmadi.
8-daqiqa. "Lokomotiv" himoyachisi Abdulloh Yo'ldoshev o'z darvozaboni Aleksey Kozlovga to'pni uzatishda xatolikka yo'l qo'ydi. "So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Doriev katta tezlikda pressing uyushtirdi, Kozlov esa katta qiyinchilik bilan to'pni autga chiqarib yuborishga majbur bo'ldi. Mehmonlardan faol pressing!
4-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Lokomotiv" yarim himoyachisi Yovan Nishich ajoyib superpas bilan Temurxo'ja Abduxoliqovni jarima maydonchasi ichiga boshladi. Abduxoliqovning yo'llagan zarbasi esa darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi! Maydon egalaridan ilk jiddiy hujum!
1-daqiqa. Bosh hakam Temur To'xtasinov hushtagini chaldi – uchrashuvga start berildi! O'yinni "Lokomotiv" futbolchilari maydon markazidan to'pni o'yinga kiritish orqali boshlab berishdi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Maydon egalari – "Lokomotiv" futbolchilari bugun ananaviy qizil libosda, mehmonlar – "So'g'diyona" vakillari esa qora-oq rangli liboslarda harakat qilishadi.