Superliga. "Lokomotiv" – "So'g'diyona" (matnli translyatsiya)

  • Mr.NoBoDy 27.07.2026 21:08
  • 666
  • 30

Superliga 14-turidan o'rin olgan bahs boshlandi.

Superliga

14-tur

“Lokomotiv” – “So'g'diyona” 0:0

Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 20:00

Bosh hakam: Temur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Abdulhamid Abdurayimov

Zaxira hakami: Dias Galeev

VAR: Ravshan Abduvohidov

AVAR: Shohnur Yo'ldoshev

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Adelya Kurmaeva

"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 9.Suhrob Nurulloev, 10.Shodiyor Shodiboev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Aleksandr Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev, 18.Aleksandr Kucherenko, 23.Diyorjon Turopov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 28.Shuhrat Muhammadiev, 45.Yovan Nishich.

Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 7.Quvonchbek Abraev, 8.Bilol Tupliev, 14.Nikolay Ivanov, 22.Sunnatilla Poyonov, 27.Ozodbek O'ktamov, 30.Jafar Bahodirov, 44.Muhammad Habibullaev, 61.Nurlan Ibraimov.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islomjon Qobilov, 7.Petar Michin, 10.Javohir Qahramonov, 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 17.Ollabergan Karimov, 20.Fazliddin Omonkeldiev (23.Sardorbek Hoshimov, 46), 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 32.Nodirjon Soyibov.

Zaxira: 1.Shohruh Isoqov, 4.Behruz Jumatov, 8.Jamshid Boltaboev, 9.Zenan Zaymovich, 19.Zabihillo O'rinboev, 29.Amirbek Saidov, 33.Shohjahon Sultonmurodov, 77.Oybek Nurmatov.

49-daqiqa. "So'g'diyona" burchak to'pini amalga oshirdi. Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pga Zoir Jo'raboev bosh bilan zarba berdi – to'p darvoza tomon aniq bormadi. Qolaversa, hakamlar bu vaziyatda ofsayd qayd etishdi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'limda ham haqiqiy xavfli vaziyat! "So'g'diyona" himoyachisi Zoir Jo'raboev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni oshirib berdi. Aleksandr Kucherenko bosh bilan harakat qilib, to'pga aniq tega olmadi va uni o'tkazib yubordi. Jarima maydoniga yorib kirgan Lyupcho Doriev to'pni Aleksey Kozlovning ustidan oshirib darvozaga yo'llashga urindi, ammo darvozabon to'pni qo'li bilan sekinlashtirishga erishdi. Oqibatda to'p darvoza chizig'ini kesib o'tmadi va o'z vaqtida yetib kelgan "Lokomotiv" himoyachilari xavfni bartaraf etib, to'pni uzoqlashtirib yuborishdi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffusda "So'g'diyona" tarkibida o'zgarish yuz berdi: Fazliddin Omonkeldiev o'rniga Sardorbek Hoshimov maydonga tushirildi.

45+2-daqiqa. Bosh hakamning xushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.

Birinchi bo'lim shiddatli va kurashlarga boy tarzda kechdi. Xar ikkala jamoada ham gol urish uchun juda xavfli imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo darvozabonlarning ishonchli o'yini va hujumdagi aniqsizliklar sababli hisob ochilmadi – 0:0.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqti nihoyasiga etdi. Bosh hakam Temur To'xtasinov jamoalarning bo'lim davomidagi to'xtalishlari uchun 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

41-daqiqa. Juda xavfli vaziyat! "Lokomotiv" vakillari tezkor qarshi hujumga o'tishdi. Temurxo'ja Abduxoliqov ajoyib uzatma bilan bir yo'la ikki jamoadoshini darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Suhrob Nurulloevning bergan zarbasini Milan Mitrovich oyoqlari bilan qaytarishga erishdi! Qaytgan to'pga esa Shodiyor Shodiboev qulay imkoniyatga ega bo'lishiga qaramay, aniq zarba bera olmadi.

40-daqiqa. Lyupcho Doriev standart vaziyatdan to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatib berdi. "Lokomotiv" darvozaboni Aleksey Kozlov o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, to'pni mushtlari bilan maydon tashqarisiga urib yubordi – aut.

36-daqiqa. "So'g'diyona"dan xavfli hujum! Petar Michin ajoyib uzatma bilan Javohir Qahramonovga to'pni etkazib, uni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Qahramonovning zarbasini Aleksey Kozlov mahorat bilan qaytardi! Keyinchalik bayroqcha ko'tarildi – nozik vaziyatda ofsayd qayd etilgan ekan.

34-daqiqa. Juda xavfli vaziyat! "Lokomotiv" himoyachilari yana bir bor uzatmada juda qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi. Aleksey Kozlov to'pga chiqishda biroz kechikkan bo'lsa-da, Lyupcho Dorievga xalaqit berishga erishdi. Abdulloh Yo'ldoshev ham to'pni uzoqlashtirishda xatolikka yo'l qo'ydi – xullas, maydon egalarining himoyasida haqiqiy parokandalik yuzaga keldi! Oqibatda Doriev to'pni o'ziga to'g'rilab olib zarba yo'lladi, ammo xayriyatki, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

29-daqiqa. "Lokomotiv" hujumchisi Shodiyor Shodiboev chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va chap oyoqda darvoza tomon zarba berdi. Ammo to'p mo'ljalga aniq tegmay, darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

28-daqiqa. "Lokomotiv"dan go'zal kombinacion hujum! Shuhrat Muhammadiev jarima maydonchasi ichida bosh bilan to'pni uzatib, Sardor Mirzaevni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarishga urindi. Biroq "So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich o'z vaqtida oldinga chiqib, xavfni bartaraf etdi.

25-daqiqa. "So'g'diyona" himoyachisi Filip Ivanovich mudofaadan to'pni oldinga uzatib berdi. Javohir Qahramonov bosh bilan zarba yo'lladi, ammo zarba biroz kuchsiz chiqdi – Aleksey Kozlov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

22-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Lokomotiv" himoyachisi Abdulloh Yo'ldoshev yana bir bor uzatmada qo'pol xatolikka yo'l qo'ydi. "So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Doriev yakkakurashda Aleksandr Kucherenkoni ortda qoldirib, darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Aleksey Kozlov o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi!

20-daqiqa. Xavfli vaziyat! "So'g'diyona"dan ajoyib kombinaciya! Lyupcho Doriev jarima maydonchasiga yorib kirib, markazga uzatmani amalga oshirdi. Petar Michin to'pga zarba berolmadi va to'p uning oyoqlari orasidan o'tib ketdi. Ortidan kelayotgan Fazliddin Omonkeldiev yaqin masofadan zarba yo'lladi, ammo to'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi! Juda xavfli vaziyat!

16-daqiqa. "Lokomotiv" a'zosi Suhrob Nurulloev taxminan 20 metrlar masofadan erlatib zarba yo'lladi. Biroq zarbaga etarlicha kuch yetmadi – "So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

14-daqiqa. "Lokomotiv" hujumda ketma-ket imkoniyatlarga ega bo'ldi. Avvaliga Temurxo'ja Abduxoliqov Suhrob Nurulloevni, so'ng keyingi hujumda Nurulloev Abduxoliqovni raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarishga urindi. Ammo ikkala holatda ham uzatilgan to'p juda tezlashib ketgani bois hujumchilar unga eta olishmadi.

8-daqiqa. "Lokomotiv" himoyachisi Abdulloh Yo'ldoshev o'z darvozaboni Aleksey Kozlovga to'pni uzatishda xatolikka yo'l qo'ydi. "So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Doriev katta tezlikda pressing uyushtirdi, Kozlov esa katta qiyinchilik bilan to'pni autga chiqarib yuborishga majbur bo'ldi. Mehmonlardan faol pressing!

4-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Lokomotiv" yarim himoyachisi Yovan Nishich ajoyib superpas bilan Temurxo'ja Abduxoliqovni jarima maydonchasi ichiga boshladi. Abduxoliqovning yo'llagan zarbasi esa darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi! Maydon egalaridan ilk jiddiy hujum!

1-daqiqa. Bosh hakam Temur To'xtasinov hushtagini chaldi – uchrashuvga start berildi! O'yinni "Lokomotiv" futbolchilari maydon markazidan to'pni o'yinga kiritish orqali boshlab berishdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Maydon egalari – "Lokomotiv" futbolchilari bugun ananaviy qizil libosda, mehmonlar – "So'g'diyona" vakillari esa qora-oq rangli liboslarda harakat qilishadi.

Ўхшаш янгиликлар