
“Chelsi” Rojersni o'tgan hafta “Aston Villa”dan klub uchun rekord summa - 117 mln funt evaziga sotib olishni yakunladi. Morgan Jahon chempionatidan so'ng darhol tatilga yo'l oldi.
Mavsumoldi turnesi doirasida Sidneyga yetib kelgan Alonso Rojersning transferi haqida fikr bildirdi.
“Bizga bu poziciyada muhim o'yinchi kerak edi va ishonamanki, Morgan Rojersdan yaxshiroq variantlar unchalik ko'p emas.
Kelishi bilan darhol o'zini ko'rsata oladigan futbolchilar kerak va men Morganga klub, tizim va jamoadoshlariga moslashishi uchun ko'p vaqt ketmasligiga aminman.
Asosiy maqsad top-darajadagi futbolchini qo'lga kiritish edi va Morgan ana shunday o'yinchilardan biri hisoblanadi”, – dedi Alonso.