Jo Gomes "Sanderlend" bilan o'rtoqlik uchrashuvining 8-daqiqasida jarohat oldi. Bu himoyachi faoliyatidagi sog'ligi bilan bog'liq 26-muammo

  • Mr.NoBoDy 26.07.2026 16:08
  • 780
  • 30

"Liverpul” himoyachisi Jo Gomes mersisaydliklarning mavsumoldi birinchi o'rtoqlik o'yinida jarohat oldi.

Jo "Sanderlend"ga qarshi o'yinda (4:2) sardorlik bog'ichida maydonga tushdi, ammo jarohat tufayli 8-daqiqada almashtirildi. Uning o'rniga 17 yoshli Ifeani Ndukve maydonga tushdi.

Transfermarkt portaliga ko'ra, bu himoyachi faoliyatidagi 26-salomatlik muammosi (jarohatlar va kasalliklarni hisobga olgan holda).

“Ehtimol, eng yomon yangilik - Joning boshidanoq jarohat olgani bo'lsa kerak. Biz xursand bo'ldik, chunki mashg'ulotlarda hech kimni yo'qotmadik, ammo afsuski, birinchi o'yindayoq Jonni yo'qotdik”, - dedi "Liverpul” bosh murabbiyi Andoni Iraola.

Ўхшаш янгиликлар