
Manbaga ko'ra, Saudiya klubi 29 yoshli futbolchiga yiliga taxminan 25 million evro maosh taklif qilishga tayyor. "Al Hilol" futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan taqdirdagina "Bavariya" bilan muzokaralarni boshlaydi.
Dias 2025/26 yilgi mavsumda 51 o'yinda 26 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining narxini 70 million evroga baholamoqda. Vingerning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.