Braziliya chempionati: Neymarning dubli «Santos»ni mag‘lubiyatdan qutqardi (Videosharh)

  • Mr.NoBoDy 26.07.2026 09:44
  • 673
  • 30

«Santos» Braziliya chempionatining 20-turi doirasidagi o‘z maydonidagi o‘yinda «Shapekoense» bilan durang o‘ynadi — 2:2.

Uchrashuvda hisobni 36-daqiqada «Santos» hujumchisi Neymar ochdi. 51-daqiqada «Shapekoense» forvardi Marsinyo muvozanatni tikladi. 62-daqiqada esa «Santos» himoyachisi Joao Ananyas o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 89-daqiqada Neymar penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

«Santos» 20 ta o‘yindan so‘ng 22 ochko jamg‘arib, Braziliya chempionati jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi. «Shapekoense» (10 ochko) esa so‘nggi, 20-o‘rinda bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар