MakAllister Argentina bilan jahon chempionatlarida hali mag‘lubiyatga uchramadi

  • Mr.NoBoDy 19.07.2026 19:33
  • 70
  • 30

Argentina terma jamoasi jahon chempionatining Ispaniyaga qarshi final uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Agar bu o‘yin jamoa uchun muvaffaqiyatli yakunlansa, Aleksis Makallisterning noyob seriyasi davom etadi — u jahon chempionatlarida milliy terma jamoa safida hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.

Yarim himoyachi ikkita jahon chempionatida, ya’ni 2022 va 2026 yilgi mundiallarda ishtirok etdi. Qatarda argentinaliklar turnirni Saudiya Arabistoniga qarshi sensasion mag‘lubiyat bilan boshlashgan edi, biroq o‘sha o‘yinda Mak Allister maydonda yo‘q edi. U keyingi barcha uchrashuvlarda qatnashgan — o‘tgan va joriy jahon chempionatlarini hisobga olganda, hozirgi kunga qadar jami o‘n uchta o‘yin. O‘n bitta g‘alaba va ikkita durang.

Ўхшаш янгиликлар