"Al Nassr" sobiq murabbiyi Jezush Portugaliya terma jamoasini kamida 4 yil boshqaradi

  • Mr.NoBoDy 08.07.2026 23:48
  • 949
  • 30

Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Jorje Jezush bo'ladi.

Krishtianu Ronaldu to'p suradigan "Al-Nasr"ning sobiq murabbiyi milliy jamoani boshqarishga rozilik berdi, deb xabar qildi insayder Fabricio Romano. Avvalroq Roberto Martines Portugaliya bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi.

Jezush Portugaliya terma jamoasini Evro-2028 va 2030 yilda bo'lib o'tadigan navbatdagi jahon chempionatida boshqarishi kutilmoqda.

2025/26-yilgi mavsum yakunlangach, Jezush Saudiya Arabistoni chempionatida g'olib chiqqan "Al-Nasr" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Ўхшаш янгиликлар