Misr darvozaboni: «Misr g‘alabaga juda yaqin edi, ammo bu peshonamizga yozilmagan ekan»

  • Mr.NoBoDy 08.07.2026 11:00
  • 51
  • 30

Misr terma jamoasi darvozaboni Mostafa Shobeyr JCH-2026 turniridan chiqib ketganliklari haqida fikr bildirdi.

Musobaqaning 1/8 finalida misrliklar Argentina terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi (2:3). Vaholanki, ular 79-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda borishayotgan edi.

«G‘alaba qo‘limizda edi. Bizga faqatgina ayrim kichik detallar yetishmadi. Buni hamma ko‘rdi, biz g‘alaba qozonishga juda, juda yaqin edik, ammo bu shunchaki peshonamizga yozilmagan ekan», — deya Shobeyrning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.

Darvozabon, shuningdek, uchrashuvning so‘nggi 10 daqiqasida Misr terma jamoasi diqqat-e’tiborni yo‘qotganini ham ta’kidlab o‘tdi.

Ўхшаш янгиликлар