
"Albatta, hayajondamiz. Bizni munosib raqib kutib turibdi. Xato qilish uchun joy tobora kamayib bormoqda. Bu mag'lubiyatga uchragan chiqib ketadigan o'yin va biz buni tushunib turibmiz. Yaxshi sport formasidamiz. Lekin bu futbol. So'nggi bahslar juda keskin o'tadi. Oson bo'lmaydi. Bor haqiqat shu.
Kabo-Verde – hali mag'lubiyatga uchramagan jamoa. Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda ular g'alabaga loyiq edilar. Ispaniya va Urugvayga qarshi bahslarda ularga biroz qiyinroq bo'ldi. Ular yaxshi himoyalanishadi, qarshi hujumda o'ynashadi va tarkiblarida texnik jihatdan kuchli futbolchilar bor. Biz ularni tahlil qilyapmiz, bu munosib raqib. Ular bizni hayron qoldirayotgani yo'q. Bu yaxshi jamoa.
Ijtimoiy tarmoqlarni o'qimaslik kerak, vassalom. Hozirgi zamonda kim xohlasa qandaydir bo'lmag'ur narsani e'lon qilishi mumkin va bu katta voqeaga aylanib ketadi. Bunga e'tibor qaratmaslik lozim. Ijtimoiy tarmoqlarda shunday bo'ladiki, siz biror narsa joylashtirsangiz, u virusdek tarqalib, hamma joyga yetib boradi", - deya Skalonining so'zlarini keltiradi La Nacion nashri.